Toshkent tumanidagi “Uch qahramon” bozorida 11-avgust kuni yirik yong‘in sodir bo‘ldi.

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in haqigidagi xabar Toshkent viloyati FVBga soat 02:22 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 02:29 da yetib borgan. Yong‘in soat 03:24 da qurshab olinib, soat 04:46 da o‘chirilgan.
Hozirgi vaqtga qadar tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Izoh (0)