Joriy yil 22-noyabr kuni soat 10.00 dan 18.00gacha “Toshkent HETK” AJning 110 kVt L-6-O havo elektr tarmog‘idagi 3-sonli tayanch avariyasini ta’mirlash maqsadida 10-Issiqlik markaziga kelayotgan yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i o‘chirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
10-Issiqlik markazi o‘chirilishi natijasida Shayxontohur tumani Ibn-Sino va Jarariq mavzelari hamda Olmazor tumanining Qora-qamish 2/4, 2/3, Tansiqboyev-1, 2, 3, 4, Shifokorlar, TashGU-PI, Olimpiya, Chimboy mavzelarida va Talabalar shaharchasida issiqlik energiyasi va issiq suv ta’minoti vaqtincha tuxtatiladi.
“Toshissiqquvvati” DUK poytaxt aholisi va mehmonlaridan yetkaziladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Izoh (0)