“O‘zstandart” agentligi boshqa sohalar qatori metrologiya tizimini rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Jumladan, milliy etalonlar bazasini takomillashtirish maqsadida spektral koeffitsiyenti o‘tkazuvchanligi va optik zichlik hamda harorat etalonlari xarid qilinib, ularning umumiy soni 11 donaga yetkazildi. Bu haqda “Daryo”ga agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, o‘lchash natijalarining kuzatuvchanligini ta’minlash maqsadida, umumiy qiymati 700 ming dollarlik 5 turdagi etalon va yuqori aniqlikdagi o‘lchov vositalarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Xalqaro atom energiyasi agentligining (MAGATE) texnik yordami loyihasining 1-bosqichida radiaksion va yadroviy xafsizlik sohasida metrologik ta’minotni rivojlantirish maqsadida yuqori aniqlikdagi dozimetr va spektrometr xarid qilinib, laboratoriya tashkil etildi.
Izoh (0)