Nissan avtokonsernining hibsga olingan rahbari Karlos Gon kompaniya mablag‘i hisobiga hashamatli uylar xarid qilgan. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Gap top-menejerning bolaligi o‘tgan Rio-de-Janeyro va Bayrutdagi ko‘chmas mulk haqida ketmoqda.
Karlos Gon kuni kecha firibgarlikda gumon qilinib, qo‘lga olingandi. U 5 yil davomida mukofot tariqasida salkam 90 million dollar olgan. Biroq soliq to‘lash uchun uning atigi yarmini deklaratsiya qilgan.
Izoh (0)