Aholi o‘rtasida haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddati 2019-yil 1-yanvarga qadar, deya noto‘g‘ri ma’lumot tarqalgan. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning rasman ma’lum qilishicha, haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga soddalashtirilgan tartibda almashtirish 2021-yil 1-yanvarga qadar davom etadi.
Bugungi kunda mazkur xizmat Toshkent shahrining Mirobod, Yunusobod, Uchtepa hamda Shayxontohur tuman davlat xizmatlari markazlari bilan bir qatorda Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumani davlat xizmatlari markazlari orqali ham joriy etildi.
Aholiga qulaylik yaratish hamda navbatlarni oldini olish maqsadida Toshkent shahrining barcha tuman davlat xizmatlari markazlari orqali shu haftaning oxiriga qadar mazkur xizmat joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
Xizmatdan foydalanish uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini taqdim etish hamda eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdoridagi to‘lovni amalga oshirish lozim.
Navbatdan tashqari xizmat ko‘rsatilishi uchun qo‘shimcha pul to‘lanishi bekor qilingan.
Izoh (0)