Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning viloyat tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvlarida sohadagi kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar va ularning kelgusida bartaraf etish yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirilgandi. “Kattaqo‘rg‘on hayoti” gazetasining bildirishicha, tumanda ushbu belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar boshlangan.
Birinchi galda ibbiyot xodimlarining mas’uliyatlarini oshirishga e’tibor qaratilgan. 20-noyabr kuni tuman tibbiyot birlashmasining 150 nafar shifokori va 150 nafar hamshirasi tuman mutasaddilari, keng jamoatchilik oldida qasamyod qabul qilgan.
— Tumanimizdagi shifokor va hamshiralar inson salomatligini asrash, bu yo‘lda bor bilimlarini ayamaslikka qasamyod qildi. Bu ularning mas’uliyatini, fidoyiligini oshirishga xizmat qiladi, — deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Olim Xo‘jamberdiyev.
Izoh (0)