AQSh prezidentining qizi va maslahatchisi Ivanka Tramp shaxsiy pochtasi orqali xizmat yozishmalarini olib borgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
The Washington Post gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, qoidabuzarlik haqida 2017-yildayoq ma’lum bo‘lgan. Ivanka Tramp ko‘pincha Oq uydagi ishi bilan bog‘liq xatlarni shaxsiy pochtasi orqali jo‘natgan.
Gazeta manbalari aytishicha, o‘z xatti-harakatlarini u shaxsiy pochtadan foydalanishga qo‘yilgan taqiq haqida bilmagani bilan izohlagan.
Prezident qizining advokati Abb Louell Oq uyga unga bu taqiq ostida ekanligini ma’lum qilishgunicha, Ivanka xatlarni “ba’zan” shaxsiy akkauntidan yuborib turganini ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xatlarning hech birida maxfiy ma’lumot bo‘lmagan.
Izoh (0)