Braziliyaning Feyra-Nova shaharchasida 106 yoshli ayol o‘g‘rilar tomonidan o‘ldirib ketildi, deb xabar berdi Daily Mail.
Antonia Konseysao da Silva ismli ayol divan ustida uxlab yotgan paytda noma’lum shaxslar uyga bostirib kirgan. Ayol uyda yolg‘zi edi. Unga qaraydigan ayol uyiga ketgan, nevarasi esa do‘stlari bilan aylanishga chiqqan edi.
O‘g‘rilar ayolni do‘pposlab, undan pul qayerda ekanligini so‘ragan. Ayoldan javob bo‘lmagach, uni bo‘g‘ib o‘ldirishgan. Ular ayolning sumkasidagi 8 dollar pulni olib, voqea joyini tark etgan.
Ayolning nevarasi uyga qaytganida uning qonga botgan jasadini ko‘rgan.
Antonia Konseysao da Silva shaharcha aholisiga yaxshi tanish edi. Oktabr oyida u 106 yoshga to‘lgan edi.
Izoh (0)