Qirg‘izistonning Botken viloyati prokurori Anorboy Mamajakipov 18-noyabr, yakshanbaga o‘tar kechasi o‘ldirib ketildi. Bu haqda respublika IIV matbuot xizmati vakili Karima Omonqulova ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Mazkur hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan, u bilan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozircha jinoyat sabab va tafsilotlari haqida gapirishga erta”, — dedi Omonqulova.
Anorboy Mamajakipov shu yil may oyida Botken viloyati prokurori etib tayinlangan, ungacha Talas shahri prokuraturasini boshqargandi.
Izoh (0)