NATO Parlament assambleyasi MH17 halokati tekshiruvini qo‘llab-quvvatlab, Rossiyani aviahalokat uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishga chaqirmoqda, deb yozadi “Liga.Novosti”. Bu haqda NATO PAning “Rossiya gibrid taktikalariga javobning yangilanishi” nomli rezolyutsiyasi loyihasida aytiladi.
“Parlament assambleyasi Ukrainada MH17 reysi samolyotining qulashi yuzasidan Niderlandiya hukumati olib borayotgan tekshiruvni qat’iy qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlaydi; va Kremlni javobgarlikni bo‘yniga olib BMTning 2166-rezolyutsiyasini bajarishga va adolatni o‘rnatish sa’y-harakatlariga bor kuchi bilan qo‘shilishga chaqiradi”, — deyiladi hujjatda.
NATO, shuningdek, Rossiyaning Solsberi (Britaniya)dagi xatti-harakatlarini hamda Rossiyaning Yevroatlantika hududidagi saylovlar va referendumlarga aralashuvini qoraladi.
Rezolyutsiya loyihasida ta’kidlanishicha, Kreml “marginal siyosiy harakatlar”ni qo‘llab-quvvatlayotgani tufayli, Yevropadagi bo‘lg‘usi saylovlar ham xavf ostidadir.
Izoh (0)