Chili Patagoniyasida Kalbuko vulqoni otilishi chog‘ida osmonga ajralib chiqqan kul bulutini chaqmoq kesib o‘tayotganini videoga muhrlashdi, deb yozadi Sputnik. Bu hodisani “kir momaqaldiroq” deb atashdi.
Kalbuko vulqoni otilayotgan vaqtda pag‘a-pag‘a kul orasida momaqaldiroq boshlanib, yashin chang bulutini kesib o‘ta boshladi.
Qadim zamonlardan buyon olimlar tomonidan kuzatib kelinadigan hodisa “vulqon momaqaldirog‘i” deb ham ataladi.
Izoh (0)