O‘zbekiston bayrog‘i qabul qilingan kunning 27 yilligi Farg‘onada keng nishonlandi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.
Dastlab 5000 mingga yaqin yosh qo‘llariga O‘zbekiston bayrog‘ini tutib, ko‘chalar bo‘ylab o‘tdi.
Milliy gvardiya tomonidan parad tashkil qilinib, Farg‘ona ko‘chalari bo‘ylab bayroqlar hilpiradi.
Tadbirda velomarafon va yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Milliy gvardiya tomonidan jangovar chiqishlar uyushtirildi. San’atkorlar badiiy dasturni namoyish etdi.
Marafonda faol ishtirok etgan Ahror Mahmudaliyev, Fotimaxon Obidjonova, Sitora Qurbonova, Zarnigor Yusufjonovaga Yoshlar ittifoqi hamda Milliy gvardiya tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari berildi.
Izoh (0)