Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro B.O.ning xonadonidan giyohvandlik moddasi topildi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.
Farg‘ona viloyat IIB transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumondor B.O.ning xonadoni o‘rganilgan. Fuqaro xonadonini tekshirish jarayonida hovlidagi molxona ko‘zdan kechirilganida, u yerda 1 kg 234 gramm marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Hozirda ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro B.O.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)