Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joriy yilning 23-iyul kuni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi B.D. Labzak ko‘chasida tanishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida yashovchi, “Fruits-To‘rtko‘l” MChJ ish yurituvchisi I.B.ga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishini aytib, aldov yo‘li bilan undan 80 000 AQSh dollarini olgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
B.D. yuqoridagi MChJ hisob raqamiga tushirib berishni va’da qilib, o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida B.D. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)