Astronomlar Yerga yaqin joylashgan yakka yulduz atrofida ulkan GJ 699 b sayyorasini aniqladi. U Yerdan vazn jihatdan 3,2 marta og‘ir, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Sayyora Quyoshdan vazni bo‘yicha besh marta yengil bo‘lgan Barnarda qizil karliki yonida joylashgan. Barnarda yulduzi avval olimlarni juda ko‘p qiziqtirmagan, biroq uning Yerga yaqin bo‘lganligi sababli olimlar uni tadqiq etishda davom etgan.
Dastlabki ma’lumotlar yulduz atrofida qandaydir yirik jismning aylanayotganini taxmin qilishga imkon bergan. Batafsil o‘tkazilgan tadqiqotlar jismning sayyora ekanligini ko‘rsatgan.
GJ 699 b sayyorasidagi bir yil Yerdagi 230 sutkaga teng.
Sayyora yuzasida harorat juda sovuq bo‘lib, Selsiy shkalasi bo‘yicha 170 daraja sovuqni tashkil qiladi.
Izoh (0)