Rossiyada kosmonavtlarni parvozlar soni va natijasiga qarab toifalash rejalashtirilmoqda. Tegishli buyruq loyihasi “Roskosmos” tomonidan ishlab chiqildi, deya xabar beradi Meduza.
Hujjatda bir parvozni amalga oshirgan kosmonavtga uchinchi toifa, ikki parvozga ikkinchi toifa, uch va undan ortiq parvozni bajargan kosmonavtga esa birinchi toifa berilishi ko‘zda tutilmoqda.
Birinchi toifali kosmonavtning boshqalarga ko‘ra qanday imtiyozi bo‘lishiga buyruq loyihasi va unga izohda tushuntirish berilmagan.
Izoh (0)