Samarqand viloyati IIB tergov surishtiruv xodimlariga hodisa sodir bo‘lgan joyda tezkorlik bilan ashyoviy dalillarni olish va hujjatlarni sifatli rasmiylashtirish maqsadida “Tergov portfeli” va anjomlari hamda “Tergovchi” yozuvi tushirilgan kamzullar taqdim etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.
Qolaversa, xodimlar 60 ta zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlanib, barcha zarur jihozlarga ega Damas rusumli sayyor tergov va surishtiruv o‘tkazish maxsus avtomashinasi topshirildi.
Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan o‘tgan 10 oy davomida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, tergov boshqarmasida tergovga chaqirilgan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlagan holda xalqaro standartlarga to‘la javob beradigan voyaga yetmagan shaxslarni so‘roq qilish hamda masofadan turib, tergov harakatlarini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan “maxsus tergov xonasi” tashkil etildi.
“Surishtiruvchi va tergovchilar tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha ma’lumotlarni tezkorlik bilan olish, olis masofalardan viloyat markaziga kelib, ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish maqsadida barcha xizmat kompyuterlariga“AIB-O‘zbekiston” ma’lumotlar jamlanmasi o‘rnatilib, xodimlar o‘z xizmat xonasidan turib zarur ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldi”, — deydi Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Shirin Normatova.
Izoh (0)