Nazira Muxtorova Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmatiga tayanib, “Turon 24” xabar berdi.
Jizzax viloyat hokimining bu haqdagi qarori 12-noyabr kuni imzolangan. Ushbu qaror xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasiga tasdiqlash uchun kiritilgan.
Nazira Muxtorova 1997-yildan beri viloyat hokimligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 2009—2017-yillarda Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bo‘lgan.
U hozirgi vazifaga tayinlangunga qadar Jizzax shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Izoh (0)