Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga o‘zbek xurmosi ortilgan o‘nta fura kiritilmadi, deb xabar berdi Sputnik.
Qayd etilishicha, xurmo O‘zbekiston va Tojikistondan olib borilgan edi. Haydovchilarning yonida zarur sertifikat, shuningdek xurmolar joylashtirilgan qutilarda mahsulot turi va qaysi mamlakatda yetishtirilgani haqidagi ma’lumotlar bo‘lmagan.
Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ustidan nazorat qilish qo‘mitasi inspektorlari xurmo olib kirayotgan haydovchilarga jarima yozgan.
Izoh (0)