• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Elektr narxi oshishi arafasida Namangan shahrida to‘lov uchun turnaqator navbatlar yuzaga kelmoqda

    Elektr energiyasi narxi oshishi arafasida Namangan shahrida to‘lov uchun uzundan-uzoq navbatlar yuzaga kelmoqda. Fuqarolar avval elektr pulini to‘lash, keyin uni smart-kartaga yuklash uchun soatlab navbat kutmoqda, deya xabar beradi “Turon 24”.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    “Ertalab soat 8:00 da kelganman. Mana, hozir soat 14:00 dan oshdi. Hali ishim bitmadi. Elektr korxonasi oldidagi pul qabul qilish shoxobchasida navbatni ko‘rib, sabrim chidamay, “Paynet”da pul o‘tkazib keldim, — deydi fuqaro Majidxon Yusufboyev. — 100 ming so‘m to‘lov uchun 5 ming so‘m olib qolib, 95 ming so‘mga chek berishdi. Endi buni cmart-kartamga yuklab olish uchun haligacha navbat kutyapman. Innovatsiya, yangi texnologiyalar deymiz, qani ular? Shuncha aholi nahot bitta qurilmaga qarab qolsa?"

    Shaharning “G‘uncha” mahallasida yashovchi Bilolxon Mahmudjonovning aytishicha, tong saharlab, soat 7:40da navbatga turgan. Soat 8:00 dan keyin xodimlar kelib, qurilma ishlamayotgani aytganidan so‘ng qaytib ketgan va tushlikdan so‘ng kelgan. Endi esa 50 nafarga yaqin mijoz qatori sabr qilishga majbur.

    “Muammo tomoni shundaki, ba’zan hisoblagich pul qabul qilmay qoladi. Hozir uni ham “nol” qilib, ko‘rsatgani olib keldim, – deydi Bilolxon Mahmudjonov. — Har gal o‘rtacha 50 ming so‘m to‘lov qilaman. Bugun hisoblagichning muammosini hal qilish va pulni yuklash uchun kun bo‘yi sarson bo‘lyapman”.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    “Pul to‘lash uchun 70-80 chog‘li odam navbatda turibmiz. Orasida bizga o‘xshagan yoshi kattalar, ayollar bor. Ba’zilar vaqti bo‘lmagani uchun bolalarini chiqargan, — deydi o‘zini Abdurashid Ikromov deb tanishtirgan fuqaro. – Yana bir tomoni, gohida to‘lov uchun plastik kartalar qabul qilinmaydi. Kartasini ko‘tarib shuncha navbatda turgan odamning bu “yangilik”ni eshitganidan keyingi holatini tasavvur qilavering”.

    Ushbu muammo yuzaga kelayotgan Namangan shahridagi “Markaz” elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi Inomjon Abdullayevga ko‘ra, korxona idorasida to‘lov qabul qilinmaydi, bu yerda faqat “Sanoatqurilishbank” shoxobchasi joylashgan, xolos. Idora atrofidagi 2 ta to‘lov qabul qilish shoxobchasi esa xususiy tadbirkorlarga tegishli. Lekin mijozlar shu yerni ishonchli va to‘lov darrov tushadi deb hisoblagani uchun ularning oqimi to‘xtamayapti.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    “Aslida istalgan bank va pochta filiallarida to‘lovni amalga oshirsa bo‘ladi. Qabul qilingan pul darrov bizda va MIBda ko‘rinadi. Korxonamiz 60 ming mijozga xizmat ko‘rsatadi, bundan 57,5 mingi aholi, qolgani yuridik shaxslar. To‘lovni smart-kartaga yuklash talab qilinadigan hisoblagichlar 14 mingga yaqin xonadonga o‘rnatilgan, — deydi Inomjon Abdullayev. — Hozirda avtomatlashtirilgan elektr hisoblagichlar o‘rnatishni boshladik, ularda to‘lovni onlayn tarzda amalga oshirish imkoniyati mavjud. Yangi qurilayotgan binolarning barchasi shunday qurilmalar bilan jihozlanyapti, bunday xonadonlar soni 4 mingga yaqinlashib qoldi. 2020-yilgacha bu jarayon yakunlanishi kerak”.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Bosh muhandisning qayd etishicha, mijozlarning asabbuzarligiga sabab bo‘layotgan smart-kartalarga to‘lovlarni yuklab beradigan qurilma markazda atigi bitta. Svet o‘chib qolsa, uning ham dasturi ishdan chiqadi va to sozlaguncha bir muddat vaqt ketadi. Qolaversa, 10 ming marotaba karta kirib-chiqqanidan so‘ng qurilma yaroqsiz holga keladi va uni Toshkent shahriga borib yangilab kelish kerak.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Viloyat elektr energiyasiga mas’ul mutasaddilar to‘lovlarni amalga oshirishda kuzatilayotgan turnaqator navbatlarni elektr energiyasi narxi oshishi arafasidagi ajiotaj bilan bog‘lamoqda. Ular to‘lovni yuklash qurilmasi bilan bog‘liq muammolar vaqtinchalik, yangi avtomatlashtirilgan elektr hisoblagichlar o‘rnatilganidan so‘ng o‘z-o‘zidan hal bo‘ladigan holat deya izohlamoqda. Biroq ular ishga tushguncha 14 mingga yaqin xonadon smart-karta orqali to‘lov qilishga majbur.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Ma’lumot uchun, 2018-yil 16-noyabrdan elektr energiyasining 1 kilovatti 250 so‘mgacha (hozir 228 so‘m 60 tiyin) oshadi. 2019-yil 1-iyunidan esa yana bir marta — 280 so‘mgacha ko‘tariladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabr kuni qabul qilingan “Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich o‘zgarishi to‘g‘risida” qarorida ko‘zda tutilgan.

    14.11.2018, 16:57   Izoh (0)   51944
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dushanbeda oshga talashgan odamlar to‘polon ko‘tardi (video)

    14.11.2018, 16:41

    2019-yil uchun dam olish kunlari taqvimi (foto)

    14.11.2018, 16:29

    Chelyabinskka o‘zbek xurmosi ortilgan 10 ta fura kiritilmadi

    14.11.2018, 16:14

    16—17-noyabr kunlari Buxoroda saylov qonunchiligini takomillashtirish mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

    14.11.2018, 16:11

    DSQ umumbеlgilangan soliqlarga o‘tkazganligi haqida shaxsan xabardor qiladi

    14.11.2018, 15:59

    O‘tgan hafta davomida onlayn auksionda mingdan ziyod “chiroyli” avtomobil raqamlari sotildi

    14.11.2018, 15:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoylik er-xotin ajrashayotganda 29 ta tovuqni bo‘lisha olmadi

    Dunyo | 10 avgust, 23:59

    ChatGPT maslahati sababli erkak jinnixonaga tushib qoldi

    Dunyo | 10 avgust, 23:35

    Putin Xerson va Zaporojye viloyatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqmaydi

    Dunyo | 10 avgust, 23:15

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjon obyektlariga “maqsadli zarba berish”da aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:55

    Superliga. “So‘g‘diyona” “Mash’al”dan ustun keldi

    Sport | 10 avgust, 22:35

    Turkiyada 6,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

    Dunyo | 10 avgust, 22:34

    NYT: Britaniya yarim yil maxfiy Falastin rejasi ustida ishladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.