• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” surishtiruvi: Samarqandda maktablarda noqonuniy pul yig‘imlariga qachon barham beriladi?

    “Daryo” tahririyatiga Samarqandda yashovchi Kamola G‘aniyeva shahardagi 14-umumta’lim maktabida so‘nggi paytlarda ortiqcha pullar yig‘ilayotganligi yuzasidan murojaat qildi. Mazkur murojaat asosida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev jurnalistik surishtiruv o‘tkazdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Murojaatda keltirilishicha, sentabr oyida sinf ota-onalar kengashi raisi tomonidan oyiga 5 ming so‘mdan yiliga 45 ming so‘m vasiylik puli, sinf fondi uchun oyiga 3 ming so‘mdan yiliga 30 ming so‘m pul olib kelishini talab qilingan. Bundan tashqari, yoshlik badali uchun 4 ming so‘m, psixolog puli va faxriy o‘qituvchilarni bayram va tug‘ilgan kunlarida sovg‘a-salom berish uchun 1000 so‘mdan pul yig‘ilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Samarqanddagi 14-umumta’lim maktabi shahardagi namunali maktablardan biri bo‘lib, o‘quv ishlab chiqarish majmualari bo‘yicha viloyat tayanch maktabi hisoblanadi. Shuningdek, maktab ona tili fanidan sifatli ta’lim berish bo‘yicha ham alohida o‘ringa ega. Ayni paytda mazkur maktabda 1500 nafar o‘quvchi ikki smenada o‘qimoqda.

    Arizada keltirilgan holatlar bo‘yicha dastlab maktab direktori Muqaddas Shermatova bilan suhbatda bo‘ldik. Maktab direktorining ta’kidlashicha, 1-oktyabrdan maktablarda kuzatuv kengashi ish boshlagan. 7-oktabrdan boshlab maktabdagi kuzatuv kengashining raisi sifatida ota-onalar tomonidan Gulchehra Xudoyorova rais etib saylangan. Maktabning hamma deraza-romlari, gullar ota-onalarning avvalgi vasiylik, hozirgi kuzatuv kengashi orqali yig‘ilgan pullar orqali keltirilgan.

    — Ota-onalar bolalarini uchinchi qavatda o‘qishini, u yerning darazasi eskirganligini bildirib, kuzatuv kengashi orqali pul yig‘ib, romlarni o‘zgartirish bo‘yicha taklif kiritdi. Maktabga qorovul qo‘yish taklifini ham ota-onalar bildirgan. Buni o‘zim qilganim yo‘q. Yoshlik badali Bolalar sportini rivojlantirish jamiyati tomonidan yig‘iladi. U adliyadan ro‘yxatdan o‘tgan. Maktabdagi barcha o‘zgarishlarni o‘z kuchimiz bilan amalga oshiryapmiz. Davlatdan bir so‘m olganimiz yo‘q. Maktabda pul yig‘ish majburiy emas, — deydi maktab direktori Muqaddas Shermatova.

    Ma’lum bo‘lishicha, sentabr oyidan buyon ota-onalardan yig‘ilgan pul evaziga maktabdagi 10 ta derazaga yangi romlar o‘rnatilgan.

    — Men birorta pul yig‘dilarga aralashmayman. Faqat kuzatuv kengashiga maktab uchun nima kerak bo‘lsa o‘sha yuzasidan bildirgi beraman. Ular shu asosida pul yig‘adi, — deydi M.Shermatova.

    Maktab direktori bizga taqdim qilgan 6 ta bildirgining birortasida tartib raqami va aniq sana ko‘rsatilmaganligi bizni ajablantirdi. Hech qanday tartib raqami, sana va yil ko‘rsatilmagan bildirgilar asosida keyinchalik yana qaytadan pul yig‘ib olinishi mumkinku degan savolimizga Muqaddas Shermatova tayinli javob bera olmadi. Qolaversa, direktor bildirgi asosida sarflangan mablag‘larning aniq summasini asoslab beruvchi hech qanday hujjatni ham taqdim etolmadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Maktabda faxriy o‘qituvchilarni 1-oktabr va 8-mart bayramida o‘quvchilardan yig‘ilgan pul evaziga ma’muriyat nomidan tabriklash uchun haqiqatda pul yig‘ilishini Muqaddas Shermatovaning o‘zi ham tasdiqladi.

    — Maktabimizda ishlab ketgan 48 nafar faxriy o‘qituvchilarimiz bor. Ularni yilda ikki bor, 8-mart va 1-oktabr kunlari maktab ma’muriyati tomonidan tabriklaymiz. Buni yig‘ilishlarda ota-onalarga aytganmiz. Faxriy o‘qituvchilar uchun pul yig‘ilishidan xabarim bor. Ammo o‘qituvchilarga sovg‘a berish bo‘yicha yig‘ilgan pullarni qayerga sarflanganligi bo‘yicha hech qanday bayonnoma qilingani yo‘q, — deydi maktab direktori.

    Arizachining ma’lum qilishicha, maktabda har bir o‘quvchidan psixolog uchun 1000 (ming) so‘mdan pul yig‘ilar ekan. Maktab direktori psixologlar budjetdan oylik olishini bildirib, ular uchun pul yig‘ilishidan xabari yo‘qligini aytib o‘tdi.

    M.Shermatovaning aytishicha, markazlashgan buxgalteriya tizimi joriy qilinganidan so‘ng maktabda ishlatiladigan qog‘oz xarajatlari uchun davlatdan hech qanday pul ajratilmagan. O‘qituvchilar zarur bo‘lgan qog‘ozlarni o‘zlarining yonidan olib ishlatib kelayotgan ekan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aynan ushbu masala yuzasidan Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri Xurshid Hojiqulovga murojaat qilib, maktabga kanselyariya mahsulotlari uchun pul ajratilmayotganligining sababini so‘radik.

    “M.Shermatova nimaga asoslanib sizga davlat tomonidan kanselyariya mahulotlari uchun pul ajratilmaydi deganiga hayronman. Joriy yilda mazkur maktab uchun 680 ming so‘m pul ajratilgan. Ammo ular bizga biror marotaba qog‘oz bering deb murojaat qilmagan. Qolaversa, o‘quv yili boshida 227 million so‘m evaziga maktabning tom qismi to‘liq yangilandi. Bundan tashqari maktabga televizor, dori-darmonlar, telefon uchun to‘lovlar va boshqa xarajatlari uchun ham pul ajratib kelingan. Bularning hammasi byudjet puliga amalga oshirilgan. Direktor nimaga davlatdan pul olmayapmiz deb aytganini tushunish qiyin”, deydi Xurshid Hojiqulov.

    Murojaatni o‘rganish davomida maktab direktorining Prezidentning 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asoslanib “Maktabda kuzatuv kengashini tasdiqlash to‘g‘risida”gi chiqargan buyrug‘i ham hech qanday asosga ega emasligi aniqlandi.

    — Birinchidan, 14-umumta’lim maktabi direktori kuzatuv kengashini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘ini faoliyati tugatilgan tashkilotning maxsus blankasi asosida chiqargan. Ikkinchidan, buyruq raqam qo‘yilib, ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Bu buyruqda hech qanday raqam va ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi asos ham yo‘q. Uchinchidan, Prezidentning farmoni bo‘yicha biz hali biror maktabga qaror yoki buyruq berganimiz yo‘q, — deydi Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limining fuqarolar murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha mas’ul rahbari Otabek Rustamov. — Qolaversa, birorta maktab to‘g‘ridan-to‘g‘ri Prezident qarori yoki farmoni asosida buyruq chiqarmaydi. Maktab direktori M.Shermatovaning buyrug‘ida Xalq ta’limi vazirligining 2012-yil 13-iyuldagi 2377-sonli buyrug‘i va nizomi asosida tashkil etilgan vasiylik kengashi tugatildi deb belgilansin deyilgan. Vaholanki, XTVning 2377-sonli buyrug‘i yo‘q.

    Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi mudir o‘rinbosari Suhrob Faxriddinovning aytishicha, yil boshida har bir maktab direktoridan ortiqcha pul yig‘dilarni amalga oshirmaslik, maktabda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik borasida tilxat yozdirib olingan. Agarda shunday ishlar amalga oshirilsa jinoiy javobgarlikka tortilishi yuzasidan ogohlantirilgan.

    Hali kuchga kirmagan farmon asosida chiqarilgan buyruqni ko‘rgan shahar xalq ta’limi boshqarmasining mutasaddi vakillarini ham ajablanib qoldi. Qizig‘i shundaki, Prezident farmonida kuzatuv kengashi tomonidan maktab uchun pul yig‘ish bo‘yicha biror bir band kiritilmagan. Xo‘sh, vasiylik kengashi tugatilganidan keyin ham ota-onalardan pul yig‘ib olish mumkinmi? Hali ijroga kirmagan farmon asosida chiqarilgan buyruqqa maktab deriktori quyidagicha izoh berib o‘tdi.

    — Men bu farmon kuchga kirdi deb o‘ylabman. Bu hali Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqilayotganidan xabarim yo‘q edi, — deydi M.Shermatova.

    Arizani o‘rganish jarayonida 3-noyabr kuni maktabning uchinchi qavatida 9-sinf o‘quvchilari shanbalikka jalb qilinganligi aniqlandi. Ularni o‘zlari o‘qiyotgan sinfxonani tozalab qo‘yishiga hech qanday e’tirozimiz yo‘q. Biroq, uchinchi qavatda o‘quvchilarga oyna arttirish xavfsizlikka qanchalik to‘g‘ri kelishi kishini o‘ylantiradi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Maktabdagi bugungi holat aslida qandayligiga mutasaddi tashkilot vaqillarining o‘zi baho beradi. “Daryo”ga murojaat qilgan Kamola G‘aniyevaning quyidagi so‘zlarini to‘xtalmoqchimiz:

    “Farzandimni o‘qishi uchun maktab ma’muriyati qancha mablag‘ so‘rasa hammasini topib bera olaman. Bunga qurbim ham yetadi. Ammo Prezident, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim tizimiga o‘zgartirish kiritib, maktabdagi ortiqcha yig‘di-yig‘dilarni bartaraf etish kerakligi haqida bong urib turilganda, biz uyg‘onmasak, ta’lim sohasiga bugundan qarashimizni o‘zgartirmasak qilgan barcha harakatlarimiz besamar ketadi”.

    “Daryo” Samarqanddagi umumta’lim maktablarida ortiqcha pul yig‘imlari bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishda davom etadi.

    12.11.2018, 23:20   Izoh (0)   21567
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    MIB Gulistondagi tikuvchilik korxonasi gazdan noqonuniy foydalanib kelganini aniqladi

    12.11.2018, 22:54

    Axsikentning 2300 yilligini nishonlash yuzasidan YuNЕSKOga taklif berildi

    12.11.2018, 22:21

    Toshkentda turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsiyaviy forum tashkil etiladi

    12.11.2018, 19:33

    Xitoy yoshlar tashkiloti rahbarlari Andijonga keldi

    12.11.2018, 16:40

    O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi, yevro va rubl esa biroz pasaydi

    12.11.2018, 16:13

    14-dekabrdan Toshkent — Moskva yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    12.11.2018, 15:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.