Andijondagi “Yoshlar markazi”da Xitoy yoshlar tashkiloti rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Xitoy “Xalqaro yoshlarni rivojlantirish ittifoqi”ning ta’lim va xalqaro aloqalar bo‘yicha ijrochi direktori Xi Liu va Alyans universiteti rahbari Ying Chen hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Bunyodbek Bahrombekov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Andijon shahrida yangi qurilib, foydalanishga topshirilgan “Yoshlar markazi” faoliyati, unda yigit-qizlarga yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur markazga chet el yoshlar tashkilotlari tajribasini ham olib kirish xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasining tuman-shahar filiallari rahbarlari bilan ochiq muloqot uyushtirildi.
Izoh (0)