• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda “O‘simliklar klinikasi” loyiha xizmati takomillashadi

    Hozirda “O‘simliklar klinikasi” loyihasi O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish xizmatini takomillashtirish borasidagi izlanishlar olib borilmoqda, deya xabar berdi O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Loyiha xizmati tashabbuskori, Toshkent Davlat agrar universiteti rektori, akademik Botirjon Sulaymonov qilinayotgan ishlar haqida fikr bildirdi.

    – Bugunga qadar aholi tomorqa ekinlarida uchraydigan zararli organizmlarga qarshi kurash va ekologik toza mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha tizim ishlab chiqilmagan edi, – deydi B.Sulaymonov. – Vaholanki, aholi ixtiyorida o‘rtacha 500 ming gektar unumdor ekin maydoni mavjud. Ammo, aholining ekinlarni yetishtirishda zararkunanda va kasalliklar bo‘yicha yetarli ma’lumotga ega emasligi ular yetishtirayotgan ekinlarning 35-40 foizi tufayli nobud bo‘lmoqda.

    Shu bois tomorqadagi ekinlarni himoya qilish bo‘yicha yangi tizim yaratish muammosi yuzaga keldi. Muammoni hal etish maqsadida bir qator rivojlangan mamlakatlar tajribalari o‘rganildi. Jumladan AQSh, Angliya, Germaniya, Gollandiyaning tajribalari chuqur tahlil etildi va o‘zimizga mos ravishda mahallalar kesimida “O‘simliklar klinikasi” xizmati tashkil etildi.

    Ushbu xizmat turini yanada takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-fevraldagi “Respublika hududlarida ‘O‘simliklar klinikasi’ xizmati tizimini tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 19-Bayoni, hamda 15-sentabrdagi 734-sonli “O‘simliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari tasdiqlanib, qator moliyaviy va boshqa imtiyozlar berilgan.

    Buning natijasida viloyatlar miqyosida 120 dan ortiq o‘simliklar klinikasi tashkil etilib, mavsum davomida shartnoma asosida aholi tomorqalarida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Dastlabki ko‘rsatgichlarga ko‘ra o‘simliklar klinikasi xizmati tomonidan deyarli 5,8 ming gektar tomorqa xo‘jaliklariga 1,8 milliard so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan.

    Shu bilan birga, tomorqadan olinadigan hosil 25-30 foizga, qo‘shimcha daromad xonadonlarda kamida 1,8 million so‘mga ortgan.

    Tomorqalarda ekologik toza mahsulotlar yetishtirish maqsadida xorijdan samarali, ekstremal sharoitga chidamli trixogramma entomofag turi iqlimlashtirilib, ko‘paytirish, qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqildi va joriy etildi.

    Sirdaryo viloyatida zararkunandalarga qarshi biologik kurash bo‘yicha “Bek” klaster bilan 13 ming gektarga shartnoma tuzildi.

    Bundan tashqari, biomahsulotlarni ko‘paytirishni takomillashtirish maqsadida Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklari uchun oltinko‘zni ko‘paytirishning innovatsion qurilmasi yaratildi va joriy etilmoqda.

    Qayd etish joizki, atrof-muhitning global ravishda o‘zgarishi qishloq xo‘jaligi ekinlariga turli kasallik va zararkunandalarning ta’sir ko‘lamini ortishiga olib kelmoqda.

    Ma’lumki dunyo aholisining uchdan biri qismi ochlikdan aziyat chekmoqda. Oziq-ovqat manbasi hisoblangan yer sayyorasining juda kam qismida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish imkoni mavjud. Bu esa yerlardan unumli foydalanishni talab etadi.

    Kelgusida “O‘simliklar klinikasi” xizmati tarmog‘ini yanada kengaytirish maqsadida aholiga tomorqalari uchun ekinlarning urug‘lari, o‘g‘itlari va ko‘chatlarini yetkazib berish bo‘yicha ham xizmatlarni ko‘rsatish rejalashtirilib, bu esa aholini sifatli ishonarli ekin turlarini yetishtirish imkonini beradi.

    Shu bois biz mavjud yerlardan unumli foydalanishga harakat qilmoqdamiz.

    Toshkent Davlat agrar universitetida ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish, ustoz va shogird maktabni rivojlantirish maqsadida O‘simliklar himoyasi va karantini yo‘nalishda 10 dan ortiq bakalavr talabalari, Entomologiya ixtisosligida 2 ta magistr talabalari, 5 ta mustaqil va tayanch tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqotlarini birga olib bormoqdamiz. Toshkent Davlat agrar universiteti va uning Andijon, Nukus, Termiz filiallari qoshidagi akademik litseylarda “yosh entomologlar” to‘garagi tashkil etildi.

    Shuningdek, fermerlar va agrar tarmoq yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan o‘quvchi-talabalarning bilimlarini oshirish maqsadida turli mavzularda seminarlar o‘tkazib kelmoqdamiz. Surxondaryo, Navoiy, Buxoro viloyatlari issiqxonalarda sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan fermerlar, Toshkent Davlat agrar universiteti Termiz filiali talabalari, Qumqo‘rg‘on, Qarshi, Xatirchi, Romitan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuv shular sirasidandir.

    Bugungi kunga kelib o‘simliklarni himoya qilish va boshqa sohalar doirasida xorijning nufuzli ilmiy markazlari va universitetlari bilan ilmiy hamkorlik qilinmoqda. Xususan, AQSh, Germaniya, Fransiya, Italiya, Gollandiya, Indoneziya, Xitoy, Yaponiya, Rossiya kabi davlatlari bilan o‘quv va ilmiy-amaliy tadqiqotlar yo‘lga qo‘yilgan.

    Misol uchun, Xitoy Sinzyan qishloq xo‘jalik akademiyasi qoshidagi Bog‘dorchilik ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari bilan “O‘zbekiston sharoitida yangi texnologiyalar yordamida unabi yetishtirish” bo‘yicha shartnoma imzolandi. Butunjahon oziq-ovqat tashkiloti (FAO) bilan TashDAU tajriba xo‘jaligida bir gektarga intensiv olma va nok navlaridan iborat bog‘ yaratish, bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari uchun o‘quv qo‘llanma chop etishga kelishib olindi.

    Olib boriladigan hamkorlik natijasida aholi tomorqalaridan olinadigan daromad yanada oshishi, ekologik toza mahsulotlar yetishtirilishi shubhasiz.

    09.11.2018, 14:33   Izoh (0)   12004
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov: Markaziy saylov komissiyasi faoliyati zamon talabiga muvofiq takomillashadi

    09.11.2018, 14:06

    O‘zbekiston xalqaro savdo-sotiq qulayligi bo‘yicha 165-o‘rinda joylashishiga nimalar sabab bo‘ldi?

    09.11.2018, 13:52

    O‘zbekiston Mehnat vazirligi: norasmiy band fuqarolar uchun patent kiritilishi hali muhokama qilinmoqda

    09.11.2018, 13:38

    Latviya biznes hamjamiyati Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikka qiziqish bildirdi

    09.11.2018, 13:25

    Toshkentda “Tramadol” va “Lirika” sotishda gumon qilinib, 46 kishi qo‘lga olindi

    09.11.2018, 13:12

    Xorazmda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi

    09.11.2018, 12:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24

    Isroil urushni tugatish uchun 5 ta shart belgiladi

    Dunyo | 8 avgust, 10:09

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    “Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik” — Alisher Qodirov

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:50

    Firibgarlik sxemalari haqida film va seriallar: ularning qurboniga aylanmaslik uchun nimalar qilish kerak?

    Kino | 8 avgust, 09:42

    O‘zbekistonda trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.