Latviyaning Cleantech Latvia kompaniyasi Toshkent hokimligi bilan iqtisodiy va ekologik planda o‘sishning butun salohiyatini ochish maqsadida shaharni barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi. Bu haqda kompaniya ijrochi direktori Eviya Pudane ma’lum qildi, deb yozadi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Uchrashuvda shahar resurslarini boshqarishda geo-makon yechimlari, Toshkentda situation markaz yaratish, “Aqlli shahar” loyihalarini boshqarish va ishlab chiqish masalalari ko‘tarildi.
Mehmonlar Latviyadagi Yelgava shaharchasi misolida taqdimot namoyish qilib, ushbu masalalar bo‘yicha o‘z tajribalari bilan tanishtirdi.
Izoh (0)