• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov: Markaziy saylov komissiyasi faoliyati zamon talabiga muvofiq takomillashadi

    Joriy yilning 6-noyabrda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarordan ko‘zlangan maqsad va vazifalar nimalardan iborat ekani xususida Markaziy saylov komissiya raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov fikr bildirdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    – Saylov tizimi – nafaqat davlat hokimiyati organlarini demokratik shakllantirish asoslari, balki fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirok etish darajasining muhim ko‘rsatkichidir. Shu bilan birga, bugungi kun zamonaviy xalqaro saylov standartlarini joriy etishni, tizimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni taqozo etmoqda.

    Markaziy saylov komissiyasining axborot-tahliliy, uslubiy va maslahat ishlarini yanada takomillashtirish, saylov komissiyalari a’zolarining professional darajasini yanada oshirish zarur. Shu maqsadda mavjud saylov tizimini takomillashtirish, uni yanada demokratlashtirish, shuningdek, saylov komissiyalari va referendumni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida ham belgilangan.

    Shundan kelib chiqib yangi qarorda milliy saylov tizimini yanada takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari belgilandi. Ushbu qaror mamlakatimizda so‘nggi yillarda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga hamohang ravishda siyosiy sohada amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarish va yangilanishlarning mantiqiy davomidir. Qarorga asosan, umume’tirof etilgan xalqaro prinsiplar va standartlar hamda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda saylov va referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, shuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy saylov huquqlari ta’minlanishi yanada demokratlashtiriladi va liberallashtiriladi.

    Saylov komissiyalarining faoliyati samaradorligi oshiriladi. Markaziy saylov komissiyasining saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonida tashkiliy-axborot, tahliliy, uslubiy, maslahat funksiyalari kuchaytiriladi.

    Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etiladi. Saylovlarni boshqarish tizimi modernizatsiya qilinadi. Saylov jarayonida axborot xavfsizligi ta’minlanadi. Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirish va o‘qitish tizimi joriy etilmoqda. Saylovchilar hamda saylov jarayoni boshqa subyektlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga e’tibor kuchaytiriladi.

    Endilikda Markaziy saylov komissiyasi tarkibida saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha O‘quv markazi tuziladi. Markaz saylov komissiyasi a’zolarini tizimli o‘qitadi va malakasini oshiradi. Ularning saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha professional ko‘nikmalari oshiriladi.

    Markaz saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish amaliyoti, shuningdek, saylov qonunchiligiga umume’tirof etilgan xalqaro prinsiplar va standartlarga asosan milliy saylov qonunchiligiga muvofiqligini muntazam monitoring qilib boradi.

    Shuningdek, saylov tizimining muammolari chuqur o‘rganiladi. Markaz ushbu sohadagi dolzarb muammolar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Saylov jarayonini tashkil etish bo‘yicha ilmiy-amaliy qo‘llanmalar tayyorlab, chop etadi. Saylovchilarning saylovda ovoz berish tartibi, saylov kampaniyasi jarayonlari bilan tanishtirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlaydi.

    Saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, saylov komissiyalari va refendumni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar faoliyatida jamoatchilik ishtiroki keng ta’minlanadi.

    Saylov komissiyalari faoliyatining moddiy-texnik ta’minotini yanada yaxshilash, saylov komissiyalari a’zolari va xodimlarining samarali faoliyat yuritishlari uchun ijtimoiy va moddiy rag‘batlantirishning yangi mexanizmlari joriy etiladi. Saylov qonunchiligining me’yorlari unifikatsiyalanadi va takomillashtiriladi.

    Aytib o‘tish kerakki, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oliy Majlis va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda demokratik tamoyillarga hamda xalqaro standartlarga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasi ishlab chiqildi. Kodeks loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yildi va xalqaro ekspertlar e’tiboriga havola etildi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda saylov jarayoniga “bitta saylovchi - bitta ovoz” tamoyilini amalga oshirishni ta’minlaydigan saylovchilarning Yagona elektron ro‘yxatini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

    Qaror bilan Markaziy saylov komissiyasining saylov qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi.

    Saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi 7 nafar a’zosi, shu jumladan, rais, rais o‘rinbosari va kotibi ishini tashkil etish, shuningdek, 26 nafar mas’ul xodimdan iborat bo‘lgan Markaziy saylov komissiyasi kotibiyati shtat birligi belgilandi.

    Qarorda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari va kotibiyat xodimlarining moddiy ta’minotini yaxshilash, ularga unvon-martaba darajasi berish kabi imtiyozlar ham nazarda tutilgan. Markaziy saylov komissiyasi a’zolari daxlsizlik maqomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolarining maqomiga tenglashtirildi.

    Qarorga asosan Markaziy saylov komissiyasiga majlislar o‘tkazish, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan tashrif buyuruvchi kuzatuvchi va rasmiy delegatsiyalarni qabul qilish, shuningdek seminar-treninglar o‘tkazish uchun yetarli xonalaridan iborat alohida bino ajratiladi.

    Bunday yangi imkoniyatlar saylov tizimining tubdan takomillashib, samarali ishlashiga, eng muhimi, zamon talabiga mos, demokratik tamoyillarga muvofiq ish olib borishiga zamin yaratadi.

    09.11.2018, 14:06   Izoh (0)   11946
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston xalqaro savdo-sotiq qulayligi bo‘yicha 165-o‘rinda joylashishiga nimalar sabab bo‘ldi?

    09.11.2018, 13:52

    O‘zbekiston Mehnat vazirligi: norasmiy band fuqarolar uchun patent kiritilishi hali muhokama qilinmoqda

    09.11.2018, 13:38

    Latviya biznes hamjamiyati Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikka qiziqish bildirdi

    09.11.2018, 13:25

    Toshkentda “Tramadol” va “Lirika” sotishda gumon qilinib, 46 kishi qo‘lga olindi

    09.11.2018, 13:12

    Xorazmda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi

    09.11.2018, 12:43

    Yangidan qurilgan Xiva vokzalida mehmonlar uchun ma’lumotlar markazi tashkil qilindi

    09.11.2018, 12:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.