Italiya janubidagi pirotexnika zavodida portlash yuz berdi, uning oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va yana ikki kishi jarohat oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, qurbon bo‘lgan yigit fabrika egasining 19 yoshli o‘g‘li bo‘lgan. U otasiga ishlab chiqarishda yordam berayotgan edi.
Hodisa 9-noyabr kuni mamlakat janubidagi Apuliya viloyatining Lechche va Arnezano shaharlari orasida yuz bergan.
Izoh (0)