Meksikada mamlakat parlamenti deputati Karmen Medelning qizi 22 yashar Valeriya Medelni otib ketildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hujum qiz tibbiyot universitetida tahsil olayotgan Verakrus shahridagi sportzalda ro‘y bergani bildirilmoqda.
Valeriyaning onasi sessiya payti qizining o‘limi haqidagi xabarni eshitganidan so‘ng parlament ishi to‘xtatildi.
Ma’lumot uchun, oxirgi yil davomida Verakrusda mingdan ortiq qotillik sodir etildi.
Izoh (0)