AQShning Kaliforniya shtati Tauzand-Ouks shahridagi barda 8-noyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs otishma uyushtirdi, deb yozadi Meduza.
Bu vaqtda Borderline Bar & Grill muassasasida haftalik talabalar kechasi o‘tkazilayotgan edi. Jinoyatchi kamida 30 marta o‘q uzdi, shuningdek zalga tutun shashkalarini uloqtirdi.
Erkak 12 kishini otib tashladi. Hozircha hukumat qurbonlardan faqat bir nafarining shaxsini oshkor qildi: u sheriff o‘rinbosari. U barga otishma boshlanganidan keyin bir necha daqiqa o‘tib kirgan va shu zahoti yaralangan, u keyinroq kasalxonada vafot etgan. Yana o‘nga yaqin kishi jarohat olgan.
Qotilning jasadi bar ichkarisidan topildi. U o‘z joniga qasd qilgani taxmin etilmoqda. U 28 yoshli dengiz piyodalari faxriysi Ien Devid Long bo‘lib chiqdi.
Tauzand-Ouks juda xavfsiz shahar hisoblanadi. U Los-Anjelesdan bir necha o‘n km masofada joylashgan. Shahar ko‘p yillardan buyon aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan jinoyatlarning eng kam soni bo‘yicha milliy reytinglarda birinchi o‘rinlarni egallab kelayotgan edi.
Izoh (0)