Facebook ijtimoiy tarmog‘i AQSh prezidenti Donald Tramp shtabi tomonidan Kongressga oraliq saylovlar oldidan e’lon qilingan videorolikni blokirovka qildi, deb xabar berdi “Meduza”.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoq ma’muriyati “aylantirish”ga 20 mingdan 80 ming dollargacha sarflangan videorolikni irqchilik ruhida deb topgan.
Gap Gondurasdan Meksika chegarasi va AQShga yo‘l olgan qochoqlar karvoni haqida ketmoqda. Uning ishtirokchilari amerikaliklarga xavf tug‘diruvchi jinoyatchilar sifatida ko‘rsatilgan.
Tramp o‘tgan haftada immigrantlar uchun boshpana berish huquqini qat’iylashtirishga so‘z berdi. Uning fikricha, qochoqlar Amerika hukumatida o‘z vatanidagi hayot haqida noto‘g‘ri fikr uyg‘otmoqda.
Izoh (0)