Shoxmansur tuman sudi Tojikiston energetika vazirligi sobiq rahbarining o‘g‘li Dilovar Gulovga bir yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi, deb yozadi “News.tj”.
Sud hukmi 2-noyabr kuni e’lon qilindi.
Sudda Gulov Tojikiston ichki ishlar vazirligi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining 33 yoshli xodimi Dilshod Narzullozodaning kaltaklanishida qisman aybdor ekanligini tan olgan.
Dilovar Gulov Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasi (qurol sifatida qo‘llaniladigan predmetlar va qurol ishtirokida bezorilik qilish) 3-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topildi. U jazoni kuchaytirilgan rejimdagi axloq tuzatish koloniyasida o‘taydi.
Qayd etilishicha, Dilovar Gulovga nisbatan qo‘llanilgan jazo uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgani uchun yengillashtirilgan.
Izoh (0)