Rossiya o‘zining Oyga oid dasturi doirasida Yerning tabiiy yo‘ldoshi ustki qismida uzoq muddat xizmat qiluvchi baza tashkil etib, Oyni robot-avatarlar yordamida o‘rganishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
“Gap uzoq muddatda barpo etiladigan baza haqida ketmoqda. Biroq asosan bu robotlashgan tizimga, Oy ustida topshiriqlarni bajaradigan avatarlarga o‘tish deganidir”, — deydi Roskosmos boshlig‘i Dmitriy Rogozin.
Uning qayd etishicha ushbu topshiriq keng ko‘lamli va mas’uliyatli bo‘lib, u 60—70-yillarda AQShning Oy dasturi doirasidagi dolzarb masala bo‘lgan.
Roskosmos boshlig‘i murakkab operatsiyalar bajariladigan bazani qurish qachon to‘liq amalga oshirilishini oshkor qilmagan.
Izoh (0)