Chevrolet kompaniyasi Las-Vegasda 700 oy kuchiga ega eCOPO Camaro elektr konsept kupesini taqdim etdi. Yangi avtomobil afsonaviy COPO Camaro poyga avtomobilining 50 yillik yubileyi sharafiga yaratilgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Mazkur shou-kar Electric Blue rangida yaratilgan hamda General Motors va Hancock and Lane Racing mutaxassislarining hamkorligida ishlab chiqilgan.
Elektrokarni yaratishda asos sifatida COPO Camaro’ning 2019-yil modeli olingan. Avtomobil ikkita BorgWarner HVH 250-150 elektromotoriga ega. Bunda ularning umumiy quvvati 710 ot kuchiga teng.
Izoh (0)