Lyuks klassidagi yangi Aurus rus avtomobillarini sotib olish imkoniyati 2019—2020-yillarda bo‘lmaydi. Bu haqda Sollers kompaniyasining bosh direktori Vadim Shvetsov xabar berdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Shvetsovning so‘zlariga ko‘ra, 2019—2020-yillar uchun buyurtmalar qabul qilib bo‘lingani Rossiyada zamonaviy lyuks klassidagi avtomobillarni ishlab chiqarishga qiziqish katta ekanligini ko‘rsatadi.
Aurus Rossiyada davlatning birinchi shaxslari uchun yagona modul platformasida yaratilgan lyuks klassidagi “Kortej” loyihasining bozorga chiqariladigan nomi hisoblanadi.
Izoh (0)