Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Rashid Alimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tadbirda yuqori martabali mehmon institut professor-o‘qituvchi va talabalariga qilgan ma’ruzasida ShHTning faoliyati, tarixi, rivojlanish istiqbollari, tashkilotga a’zo mamlakatlar oldida turgan ustuvor vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Bosh kotib kelgusi haftada Xitoyning Dunfan shahrida ShHTning Birinchi yoshlar assambleyasi tashkil etilayotganligini ham mamnuniyat bilan qayd etdi. R.Alimov yangi assambleya tashkilotga a’zo davlatlar yoshlarining o‘zaro do‘stlik aloqalarini mustahkamlashiga umid bildirdi.
Uchrashuvda talabalar Bosh kotibdan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Izoh (0)