• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Namanganning Rovustonida aholi sement changi va ko‘mir kukunidan nafas olmoqda (foto)

    Namangan shahrining O‘rta Rovuston mahallasida temir yo‘l orqali keltirilgan yuklarni tushirib tarqatuvchi bir necha ombor joylashgan. Shu hududdagi namunaviy uylarda yashayotgan fuqarolar 6 yildan buyon sement changi va ko‘mir kukunidan aziyat chekmoqda. “Turon 24” aholi murojaati asosida mazkur masala yuzasidan surishtiruv o‘tkazdi.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Rovuston qishlog‘i 2016-yilda Namangan tumanidan Namangan shahri tasarrufiga o‘tkazilgan. Hozir uning o‘rnida Past Rovuston, O‘rta Rovuston va Yuqori Rovuston mahallalari tashkil etilgan. Tuman hokimining 2012-yildagi qarori bilan O‘rta Rovuston mahallasidagi omborlar yaqinida namunaviy uylar quriladi.

    Garchi bu joydagi kottejlar talabga to‘la javob bermasa-da, ularning xaridorlari darrov topila qoldi. Chunki Rovustondan viloyat markaziga qo‘lingni uzatsang yetadi, boz ustiga “bu yerlar erta-indin shaharga qo‘shilib ketadi” degan gap-so‘zlar oraladi. Ko‘p o‘tmay bu taxminlar haqiqatga aylandi: hudud shahar tarkibiga o‘tdi. Biroq bundan kottejlarda yashovchilarning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi: uylarning ko‘mir va sement omborlariga yaqin joylashgani o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi. Qisqasi, ularda yashab bo‘lmay qoldi.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Muammo ko‘lamini tasavvur etish uchun kottej egalarining hikoyalariga quloq tutamiz.

    Munavvar Murodova, Namangan shahar iqtisodiyot kolleji o‘qituvchisi:

    “O‘rta Rovustondagi uylardan birida uch yildan beri yashayman. Bu yerdagi 105 ta kottejda asosan o‘qituvchilar, shifokorlar istiqomat qiladi. Hamma kredit to‘lab o‘tiradi, hali bankning qarzidan qutulmagan. Hududimizda nafas olishning iloji yo‘q. Ishonasizmi, yoz bo‘yi hovliga chiqib o‘tirmadik. Qilar ishimiz har kuni uyni kukundan tozalash. Gul yoki boshqa ekin ko‘karmaydi, havo almashtirish uchun derazani ochishning iloji yo‘q, hatto jaziramada ham. Sal shabada bo‘lsa, ko‘mir kukuni, sement changi uyni bosadi. Mana, yana qish kelayapti. Oktabrdan boshlab yuk mashinalari qator turibdi, ko‘mir yuklaydi. Sement to‘kilganidan keyin havoni chang buluti qoplab oladi, xuddi ustingizdan qum to‘kkandek. Yoz bo‘yi oltingugurt hidladik, sassig‘iga chidab bo‘lmadi. Shu atrofdagi sovun, rezina ishlab chiqariladigan korxonalardan keladigan hid, uning ustiga sal nariroqda kushxona joylashgan, buning hidi bor. Ishoning, to‘rt tomondan qamalda qolganga o‘xshaymiz. Hokimlik, prokuratura, SES, ekologiyaga shikoyat qilingan, hech qanday o‘zgarish yo‘q”.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Ramila Ahrorova, pensioner:

    “Birinchi liniyadamiz. Sanitariya-gigiyena qoidalariga ko‘ra ko‘mir va sement omborlari aholi yashash joyidan 200-300 metr narida bo‘lishi kerak. Bizda esa bu masofa 50 metrni tashkil etadi. Kottejlar 2012-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 2013-yildan beri shu masalada shikoyat yo‘llab kelamiz. Hamma idoralardan odam kelib-ketaveradi, tekshiruvlar o‘tkaziladi, natija yo‘q. Hech kim muammoni, bu yerda yashash mumkin emasligini inkor etmaydi, lekin amalda siljish yo‘q. Hovlilarimizda biror jonliq so‘ysangiz, ularning ichiga ham shu qora urib ketganini ko‘rasiz. Endi biz bu sement va ko‘mirdan qancha doza olayotganimizni tasavvur qilishingiz mumkin. Bir kun ko‘mir, ikkinchi kun sement buluti. To‘g‘ri, tegishli idoralar kelgan, hokimlarning qarori bor, bu omborlar 2017-yil 1-oktabrgacha boshqa hududga ko‘chib o‘tishi kerak edi, lekin ular hech narsa bo‘lmagandek faoliyatini davom ettiraverdi. Bu kottejlardan ketish yo sotishning imkoni yo‘q, chunki sarflangan xarajatlarni hech kim qoplab bermaydi. Bu yerdagi holatni ko‘rib, hech kim uy sotib olishni ham istamaydi, bir kelgancha qorasini ko‘rsatmaydi. Mutaxassislar kelganda ‘O‘lchashning hojati yo‘q, shundoq ham sement hidi kelib turibdi, bu yerda qanday yashaysizlar?’ deb hayratlangandi. To‘rtta ko‘chada ham shu ahvol, ammo eng qiyini bizga, birinchi ko‘chada yashovchilarga bo‘layapti”.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Botirjon Yunusov, shifokor, “Anamed” xususiy tashxis markazi xodimi:

    “Hovliga suv sepsangiz yer qop-qora tusga kiradi, ahvolni shundan bilsangiz ham bo‘ladi. Bolalarda allergiya, yo‘tal, nafas qisishi, o‘pka xastaliklari kuzatilyapti. Avval Navoiy ko‘chasida, shahar o‘rtasida yashaganman. Shovqin-suron, mashinalar tutuni, derazani ochib bo‘lmasdi. Bu yoqqa havas qilib, birinchilardan bo‘lib ko‘chib kelganmiz. 2012-yilda bitgan bo‘lsa, 2013-yildan beri yashaymiz. To‘g‘risi, yomg‘irdan qochib, do‘lga tutilgandek bo‘ldik. Yaxshiyamki, archalar, daraxtlar ekildi, nisbatan changni ushlaydi. Dastlabki yillarga nisbatan chang, kukun xuruji ozroq kamaydi, lekin yo‘qolgani yo‘q, baribir bilinadi”.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Gulmira Boydadayeva, Namangan shahridagi 31-maktab o‘qituvchisi:

    “Nevaralarim uch yildan beri kasal. Kichkinasi sog‘lom edi, u ham shu bugun shifoxonaga borib muolaja olib keldi. Ular Oromgoh dahasidagi uyimga borsa, yaxshi bo‘lib qoladi. Biznikida bir-ikki oy yashaydi, lekin bola-da, ota-onasini sog‘inadi, ko‘rsa yig‘laydi, uyiga borganda esa kasal bo‘lib qoladi, qusadi, yo‘taladi. Uch nevaramda ham shu ahvol, qizim ham nafas ololmay qoldi. Bu mahalladagi bolalarning hammasida allergik kasalliklar yoki ularning alomatlari bor. Farzandlarimiz bu kottejni olganida havas qilgandik, yoshlar alohida bo‘lib ko‘chib chiqdi deb. Afsuski, quvonchimiz uzoqqa cho‘zilmadi. Agar bu hudud shunchalik kerak ekan, ko‘mir yoki sement omborlari egalari ko‘chib ketishni istamayotgan ekan, kottejlarni sotib olsin. Prezidentning rahbarlar aholi qiynalayotgan joylarda yashasin, shunda ular duch kelayotgan muammolarni o‘zi ham boshidan o‘tkazadi degan gapi bor. Biz ham shuning tarafdorimiz: kattakonlarimiz bu yerga kelib, kottejlarimizda aqalli bir oy yashab ko‘rsin!”

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Anora Karimova, uy bekasi:

    “2015-yilda hukumatga, bosh vazirga xat bilan chiqqanmiz. Uch kunda ko‘chirilsin degan ko‘rsatma kelgan. Xatomiz, soddaligimiz shu bo‘ldiki, ular iltimos qilib kelganda haqiqatan ham ko‘chirildi degan qog‘ozga qo‘l qo‘yib berganmiz. Chang tarqalishi 6 oy to‘xtadi, keyin yana boshlandi, uni tarqatuvchilar esa ko‘paydi. Oldin ikki nafar tadbirkor bo‘lsa, hozir to‘rtta bo‘lgan. Yarmi ko‘mir, yarmi sement to‘kadi”.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Fuqarolar bilan muloqotimizni yakunlab, kottejlar tomondagi birinchi ko‘mir omborxonasiga o‘tdik. U yerda faoliyat yuritayotgan va o‘zini tanishtirishni istamagan tadbirkor hududga avvalgidek miqdorda ko‘mir keltirilmayotgani, omborning usti yopilgani, beton devorlar ustiga esa suv purkagichlar o‘rnatilganini bildirdi. Uning aytishicha, omborlarga yaqinlikdan noliyotganlar orasida kottejlariga omborga yaqin yerlarni qo‘shib olganlar ham bor.

    “Bu hudud qadimdan ko‘mirxona bo‘lib kelgan, – dedi tadbirkor. – Temir yo‘l shu yerdan o‘tgan, ko‘mir, sement, boshqa mahsulotlar vagonda shu yerga olib kelinadi va to‘kiladi. Kottejlar aynan shu yerda qurilgani uchun biz aybdor emasmiz-ku?”

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Namangan shahri hokimligi mutasaddilari ham shu fikrda. Rovuston oldindan sanoat zonasi bo‘lib kelgan va bu yerda kottejlar qurilishi nomaqbul qaror bo‘lgan. Biroq bu payt hudud ularga emas, Namangan tumaniga qaragan. Viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining 2012-yil 12- yanvardagi davlat ekologiya ekspertizasi xulosasida ham namunaviy loyihalar asosida quriladigan yakka tartibdagi uy-joy binolarini shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga qat’iy rioya qilgan holda joylashtirish, sanoat-ishlab chiqarish korxonalarining sanitariya-himoya zonasiga joylashtirmaslik, yo‘l chetlariga manzarali daraxtlar o‘tqazish shartligi belgilangan. Afsuski, bu shartlar bajarilmagan.

    Yuqorida ta’kidlanganidek, mahalla ahlining turli idoralarga murojaat yo‘llagan. Ularning aksariyati ikki idora – ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga qaytib keladi.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Boshqarmaning oxirgi, 2018-yil 1-avgustdagi besh abzatsdan iborat javob xatida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan “Namangan ko‘mir” MChJ, “Yoqut” MChJ, “Shabnam ifori” xususiy korxonalari hukumatning qarori bilan kompensatsiya to‘lagani, ularning rahbarlariga “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgani qayd etilgan.

    Savol tug‘iladi: bu korxonalar tovon puli to‘lab kelayotganining aholiga nima qizig‘i bor? Bu bilan uylardagi holat o‘zgaradimi? Undan tashqari, ko‘rsatma berilsa-yu, bajarilmasa uning qiymati qayerda qoldi?

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Markazning javobi biroz to‘liqroq. Unda Namangan tuman hokimi 2012-yil 11-fevralda namunaviy loyihalar asosida kottej tipidagi uylar qurilishi uchun 15 gektar yer ajratish to‘g‘risida qaror chiqarishda sanitariya qoida va me’yorlariga rioya qilmagani e’tirof etilgan. Shu bilan birga, aholining shikoyatlarida ko‘rsatilgan kasalliklar haqidagi dalillar o‘z tasdig‘ini topmagani, “Namangan shahar 8-oilaviy poliklinikasi hamda uning Rovuston filialiga ko‘mir va sement changlaridan zararlanish oqibatida yuzaga kelgan kasalliklar bo‘yicha murojaatlar qayd etilmagani” bildirilgan.

    Bu javobga qanday izoh berishga ham hayronsan. O‘zimiz shikoyatni o‘rganish davomida ikki-uch soat bu yerda bo‘lib, yillab shu yerda yashayotganlarga to‘zim tiladik. Qolaversa, ko‘chalarda, uylarda olingan fotolavhalar ham ko‘p narsaga oydinlik kiritib turibdi...

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Aholiga ko‘ra, yuzaga kelgan muammoning yechimini izlash uchun bu yerda joylashgan omborlarni ko‘chirish yoki ular shunchalik strategik ahamiyatga ega bo‘lsa, aksincha, kottej egalariga boshqa hududdan joy berishga to‘g‘ri keladi.

    Balki uchinchi variant ham bordir? Balki mutasaddilardan jo‘yali taklif chiqar? Qamalda yashayotgan yuzdan ortiq xonadon uzil-kesil qarorlar va ularning ortga surilmay bajarilishini kutmoqda.

    04.11.2018, 11:05   Izoh (0)   26288
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda turizm yo‘l belgilari joriy qilinadi

    04.11.2018, 10:27

    Gaz ta’minot idorasi xodimlarining “qo‘shimcha daromad” topish borasidagi hiylalari fosh qilindi

    04.11.2018, 09:52

    O‘zbekistonda issiq suv va issiqlik ta’minoti narxlari ham oshadi

    04.11.2018, 09:33

    Farg‘onada poyezd quloqchin taqib temir yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi

    04.11.2018, 09:00

    DXX Buxoroda yashirin ekstremistik guruhni fosh qildi (video)

    04.11.2018, 08:53

    Xidir Karimov Qoraqalpog‘iston prokurori etib tayinlandi

    04.11.2018, 08:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.