Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘z kasalliklari shifoxonasida birinchi marta ko‘z to‘rpardasi operatsiya qilindi. Jarrohlik amaliyotini koreyalik shifokorlar amalga oshirishdi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.
Janubiy Koreyadan kelgan mutaxassislar, ya’ni oftalmolog vrachlar – Yang Jong Yun, Park Xyunju, hamshiralar – Lim Xa Jin, Ryu Jinyong, Koo Vonuoong (anesteziolog) Leye Seongkook (ma’mur) 29-oktabrdan 3 noyabrgacha olti nafar bemorni operatsiya qilindi.
“Bugungi kunda butun dunyoda ko‘z kasalliklaridan aziyat chekayotganlar ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, ko‘z to‘rpardasi bilan bog‘liq shikoyatlar soni ancha ortgan. O‘tgan yili biz ishlaydigan Silom Center For The Blind xayriya tashkiloti ko‘z to‘rpardasi bilan bog‘liq jarrohlik amaliyotlarida foydalaniladigan tibbiyot uskunalarini Qoraqalpog‘istonga jo‘natgan edi. Mana, bu yil operatsiya qilish uchun keldik. Umid qilamizki, hamkorligimiz har ikki tomon uchun manfaatli bo‘ladi”, – deydi Park Xyunju.
Jarrohlik amaliyotlari Koreya Respublikasining Silom Center For The Blind xayriya tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi “Sog‘lom avlod uchun” nodavlat notijorat xalqaro xayriya fondi hamkorligidagi kelishuvlar asosida o‘tkazilgan.
Izoh (0)