Toshkentdagi kvartiralardan biridan 23 mingdan oshiq dollar va 10 million so‘m o‘g‘irlandi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
“Shayxontahur tumanida yashovchi 27 yashar N.N ismli ayol A.E., X.U va M.K bilan birgalikda 23-oktabrda Aziz N.ning uyida o‘g‘irlikni amalga oshirdi. 23,1 ming dollar va 10 million so‘m o‘g‘irlangan. Mazkur jinoyatning tashkilotchisi jabrdiydaning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan”, — deyiladi IIBB xabarida.
Ma’lum bo‘lishicha, eri bilan mojarodan so‘ng N.N. ota-onasining uyiga qaytadi. Biroq hovuridan tushmagani sababli o‘ch olish maqsadida sheriklariga uyda katta summa borligini bildiradi va uy hamda seyf kalitini beradi.
Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)