TUI Airways aviakompaniyasining Boeing 757-200 yo‘lovchi samolyoti Britaniyaning Bristol shahridagi aeroportda ekstremal qo‘nishni amalga oshirdi, deb yozadi Sputnik. Ayol uchuvchi laynerni o‘ta kuchli shamol sharoitida yonlab qo‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi.
Hodisa oktabr o‘rtasida Buyuk Britaniyaga “Kallum” dovuli yopirilgan vaqtda sodir bo‘lgan, voqea aks etgan video esa internetda endi tarqaldi. Kadrlarda Boeing 757-200 uchish-qo‘nish yo‘lagiga deyarli perpendikulyar tarzda pastlaganini, shassi yerga tekkach, uchuvchi samolyotni ehtiyotkorlik bilan to‘g‘rilab olganini ko‘rish mumkin.
Laynerni 35 yoshli Brenda Ripsaam Vassinsk boshqargan. U TUI Airways’ga 2005-yilda ishga kelgan, 2017-yilda esa ekipaj komandiriga aylangan.
Izoh (0)