Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy 31-oktabr kuni Tojikistonning Hisor va Tursunzoda shaharlari tashrif buyurdi va bu yerliklarning mehmondo‘stligidan yoqa ushladi, deb xabar beradi Asia-Plus.
Siyosatchi Hisor qal’asi, uning tarixi bilan tanishgan, Tojik alyuminiy zavodiga borgan, Tursunzoda shahridagi rus jamoatchiligi vakillari bilan uchrashgan, so‘ng bir nasliy dehqonning uzumzoriga tashrif buyurgan. U yerda mehmonning sharafiga qo‘yni qurbonlik keltirmoqchi bo‘lishganida, Jirinovskiyning o‘zi qo‘yni so‘yish istagini bildirgan.
Shuningdek, bu yerda Jirinovskiy, o‘z so‘zlariga ko‘ra, umrida birinchi marta uzum terishda qatnashgan.
Mahalliy mehmonxonalardan birida rossiyalik siyosatchining tashrifi sharofatiga ziyofat uyushtirilgan, unda Jirnovskiy tojikistonlik xonandalar ijrosidagi rus qo‘shiqlariga raqsga tushgan.
RLDP yetakchisi unga tojikcha raqs ijro etib bergan o‘quvchi qizlarga tashrif qog‘ozlarini berib, Moskva OTMlariga o‘qishga kirishda ularga yordam berishni va’da qildi.
1-noyabr kuni ham Vladimir Jirinovskiyning Tojikistondagi safari davom etadi. 2-noyabr kuni esa O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Izoh (0)