Suriyaning Iroq bilan chegarasi yaqinida IShIDning taxminan to‘rt ming nafar jangarisi to‘plangan, Iroq qo‘shinlari jangarilarning hujumini bartaraf etishga tayyor. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
IShID jangarilari bir necha kun oldin Xajin shahri hududidagi “Suriya demokratik kuchlari” pozitsiyalarini egallagan.
Iroq razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, chegarada to‘plangan jangarilarning 800 nafari Iroq fuqarolari hisoblanadi. Jangarilar Iroq hududiga kirish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanishga urinmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)