Hindiston strategik kuchlari kichik masofalarga mo‘ljallangan va yadroviy zaryad tashiy oluvchi Agni-1 ballistik raketasining modernizatsiya qilingan versiyasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, raketa Bengal ko‘rfazi, Abdul Qalam orolidagi poligonda joylashtirilgan pusk qurilmasidan otilgan.
12 tonna keluvchi Agni-1 raketasi 700-900 kmgacha ucha oladi. U ham yadroviy, ham oddiy jangovar kallak bilan jihozlanishi mumkin.
Hindiston strategik kuchlari qurollanishida bo‘lgan ushbu qurolning avvalgi sinovi 6-fevralda o‘tkazilgan.
Izoh (0)