Tanzaniyaning Serengeti bog‘ida bitta timsoh 30 ta begemotga hujum qildi, deyiladi National Geographic xabarida.
Voqea guvohi internetga joylagan videoroligini izohlar ekan, uning ko‘z o‘ngida ishonib bo‘lmaydigan manzara yuzaga kelganini aytdi.
“Timsoh qandaydir qilib begemotlarga to‘la ko‘lning o‘rtasigacha kelib oldi. Albatta, son jihatidan ustunlik u tomonda emasdi — uni tishlab tashlashdi va u tomondan bu tomonga irg‘itishdi, ammo pirovardida u qochib qoldi”, — deb yozdi video muallifi.
Ta’kidlanishicha, tabiatda katta begemotning dushmanlari kam. Faqat sher yoki Nil timsohi xavf solishi mumkin, ammo ulkan hajmi, katta kuchi va uzun qoziqtishlari tufayli, unga bir nechta sher ham bas kelolmasligi mumkin.
Izoh (0)