Farg‘ona viloyatida sha’riy nikoh asosida yashab kelayotgan 5 nafar oilaning nikohlari qonuniy qayd etilib, ularga nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, 6 nafar bolaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma berildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.
Bu Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan “Birorta ham bolaning tug‘ilishi qayd etilmasdan qolishi mumkin emas” shiori ostida o‘tkazilgan bayramona tadbir doirasida amalga oshirildi.
“Qonun ustuvor bo‘lgan davlatda noqonuniy turar joylar bo‘lishi mumkin emas” tadbiri doirasida esa 40 nafar fuqaroga mulk huquqini e’tirof etuvchi tuman (shahar) hokimlarining qarorlari topshirildi.
Izoh (0)