Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani Ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga mashina o‘g‘irlangani haqida ma’lumot kelib tushgan. Jabrlanuvchi bergan arizaga asosan zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan va tez orada o‘g‘ri qo‘lga olingan. U 1963-yilda Andijon viloyatning Izboskan tumanida tug‘ilgan fuqaro bo‘lib chiqgan. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.
Uchko‘prik tumani IIB tergov bo‘limidan olingan ma’lumotga ko‘ra, fuqaro R.M. tuman markazida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan Tico avtomashinasini o‘g‘irlab, yashash xonadoniga olib borib yashirib qo‘ygan.
R. M. o‘g‘irlangan avtomashinani kelgusida talon-toroj qilish maqsadida tuman markazi tomon boshqarib ketayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Hozirda mazkur ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)