Oy yuzasidagi ikkita krater Yerning tabiiy yo‘ldoshini birinchi marta aylanib chiqqan “Apollon-8” kosmik kemasi ekipaji sharafiga rasman nomlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Oyning rasmiy xaritasida ikkita yangi nom — Anders “Yeri sharqi” va “Uyga yo‘l-8” kraterlari paydo bo‘ldi. Ular “Apollon-8” bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan Paster G krateri yaqinida joylashgan.
“Apollon” dasturi insoniyat tarixidagi eng keng qamrovli va qimmat kosmik loyihalardan biri bo‘lgan. 1968-yil dekabr oyidan 1972-yil dekabr oyigacha bo‘lgan davrda Oyga 11 ta ekipaj jo‘natilgan. Ulardan oltitasi Yerning tabiiy yo‘ldosh yuzasiga qo‘nishni amalga oshirgan va beqiyos tajribalar o‘tkazgan.
Izoh (0)