O‘z ichiga Somon yo‘lining minglab analogini olgan galaktikalar “oilasi” Koinotda Katta portlashdan ikki milliard yil o‘tgach, mavjud bo‘lgan. Bu haqda Astronomy & Astrophysics jurnalidagi olimlarning maqolasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Olimlar birinchi marta bunday ko‘p miqdordagi galaktikalar to‘plamini ochishga muvaffaq bo‘lgan. Bu turdagi barcha ma’lum obyektlar Koinotning nisbatan “zamonaviy” qismida joylashgan va u yerda ularning vazn yig‘ishi va evolyutsiyasi uchun yetarlicha vaqt bo‘lgan. Shuning uchun “Giperion”ning ochilishi olimlar uchun kutilmagan voqea bo‘lgan.
Olimlarning fikricha, birinchi galaktikalar ulkan gaz bulutining to‘g‘ridan-to‘g‘ri gravitatsion parchalanishi natijasida yuzaga kelgan.
Bu bulutlarning qismlari yakka galaktikalarga, boshqa yirikroqlari esa o‘nlab va yuzlab “yulduz megapolislari”ning boshchisiga aylangan.
Izoh (0)