AQShning Michigan shtatida yashovchi erkak 30 yil davomida eshigiga narxi 100 ming dollarga teng bo‘lgan 10 kilogrammli meteoritni tirab kelgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Grand-Rapids shahrida yashovchi erkak o‘zining uyida 10 yil yashagan Monu Sibersku universiteti geologidan toshni tekshirib ko‘rishni so‘ragan. Geolog toshning vazni 10 kilogramm va o‘lchami bo‘yicha Michiganda topilgan oltinchi meteorit ekanligini aniqlagan. Ekspert topilmaning potensial narxini ham aniqlagan.
Meteorit egasining aytishicha, u toshni 1988-yilda sotib olgan ferma bilan birga olgan. Sobiq xo‘jayin toshdan saroy eshigiga tirab qo‘yish uchun foydalangan, bunda u toshning meteorit ekanligini bilgan. Fermer meteorit ferma hududiga 1930-yillarda tushganini aytib bergan.
Izoh (0)