19—20-oktabr kunlari futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasida 26-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi haqida avvalroq xabar berilgandi. Birozgina avval tur doirasidagi uchta bellashuv yakuniga yetdi.
Pastki oltilik jamoalari Superligada qolish uchun kurashni davom ettirmoqda. Jumladan, Olmaliqda AGMK Qarshining “Nasaf” klubini qabul qilib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Farg‘onada “Neftchi” “Qizilqum”ni mehmon qilib, 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi. So‘g‘diyona” esa Jizzaxda “Qo‘qon-1912”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Chempionlik uchun kurashayotgan kuchli oltilik jamoalari ertaga o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Pepsi Superliga
19-oktabr, juma
26-tur bellashuvlari
AGMK—“Nasaf” 0:2
Gollar: 1:0—31 Bobir Abdiholiqov, 2:0—65 Xurshidbek Muxtorov.“Neftchi”—“Qizilqum” 3:1
Gollar: 0:1—23 penalti Nemanya Yovanovich, 1:1—43 Abdurahmon Abdulhaqov, 2:1—61 Murodbek Bobojonov, 3:1—82 Islombek Karimov.“So‘g‘diyona”—“Qo‘qon-1912” 1:0
Gol: 1:0—22 Darvidas Sernas.20-oktabr, shanba
Izoh (0)