Surxondaryo viloyati hokimligida Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati TOO “AKTEP” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Surxondaryo viloyatida go‘sht mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash klaster loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama etildi. Ta’kidlanganidek, kompaniya tomonidan viloyatga 3000 bosh sergo‘sht “Aberdin-Angus” zotli qoramollarni keltirish, 6 ming bosh sig‘imga moslashtirilgan zamonaviychorvachilik kompleksi va 7,2 ming tonna go‘shtni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan zavodni barpo etish maqsadida 2 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritiladi.
“Go‘sht mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash klaster loyihasining amalga oshirilishi Surxondaryoda aholining ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, sifatini yaxshilash, turlarini ko‘paytirish, tannarxini arzonlashtirish, shuningdek, “halol” belgisi ostida dunyo bozoriga chiqarilishini ta’minlash imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)