• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Odinaxon Muhammad Yusuf: Mo‘min hech qachon bo‘shashmasligi lozim

    12-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida Xalqaro “Islom: psixologik barqarorlik, shaxsiy va jamoaviy farovonlikning asosi” ikkinchi umumrossiya ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan vakil sifatida Odinaxon Muhammad Yusuf ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Bu haqda Muslimat.uz xabar berdi.

    Foto: Muslimat.uz

    Foto: Muslimat.uz

    Quyida ushbu nutq to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    — Azizlar! Navbatdagi uchrashuvimizda siz bilan ko‘rishib turganimdan mamnunman.Bu galgi anjuman taklifnomasiga ko‘z yugurtirar ekanman, uning sarlavhasini o‘qib o‘yga toldim: “Islom – ongli tanlovmi yoki urfga ergashishmi?”Aslida har bir inson sof fitratda, ya’ni Islomda dunyoga keladi. Ammo tarbiyachilari u uchun dinini ixtiyor etadilar.Ming afsus bilan aytamizki, mulohazalarimiz hozirgi kunda o‘zini musulmon sanaganlar Islomga ko‘r-ko‘rona ergashayotganlarini ko‘rsatyapti. Aksincha, o‘zini Islom dinidan chetda hisoblaganlar ko‘p masalalarda bu dinga nisbatan ong ila yondoshmoqdalar. Islom dini haqida yaxshi fikrga ega bo‘lgan yoki ushbu dinni keyinchalik qabul qilganlar bilan hamsuhbat bo‘lsangiz, ularning bunday munosabati sababi dinimizga ong ila nazar solganlari va shu bilan haqiqatni topganlari ekanini bilib olasiz.Xo‘sh, musulmonlar-chi? Har muammoning yechimi bo‘lmish o‘z dinlarini qo‘yib, qo‘yingki, saodat mayog‘i bo‘lmish bu imkoniyatni ko‘rmay, o‘zga qavmlardan, ularning urflaridan najot izlashlarini nima desa bo‘ladi? O‘z dinlariga ko‘r-ko‘rona amal qilib yoki amal qilmaganlari yetmaganday, yot iymon va odatlariga kirib qolayotganlari yanada alamli.Har savolga javob bo‘lmish Islom ruhshunoslikda ham har narsaga yechimdir. Ruhshunoslikning asosi Qur’ondir. Alloh taoloning muqaddas kitobidagi ilohiy xitobi ruhshunoslikdagi eng oliy uslubdir.Insonlar, ayniqsa, musulmonlar birgina oyatga yaxshilab e’tibor bersalar, uni o‘zlarida yaxshi o‘zlashtirsalar va unga amal qilsalar edi, hozirgidek dunyoni tushkunlik qamrab, umidsizliklar urchimasdi.Alloh taolo Oli Imron surasining 139-oyatida marhamat qiladi:“Bo‘shashmanglar! Mahzun bo‘lmanglar! Agar mo‘min bo‘lsalaringiz, sizlar ustunsizlar”.Bundan-da yaxshiroq tasalli, umid bag‘ishlash bormi?! Bundan-da kattaroq saodat va bashorat bormi?!Men xoh katta, xoh kichik bo‘lsin, har gal musibat kelganida mana shu oyatni esga olaman darrov. Mo‘min hech qachon bo‘shashmasligi lozim. Mo‘min mahzun bo‘lmasligi kerak. Bu muhim qoidadir. Chunki Alloh bandalarini bundan qaytaradi. Negaki bo‘shashganda ishlar ortga ketadi. Mahzunlik esa mag‘lubiyatga olib boradi.Kim nima desa – desin, biz ustunmiz! Doimo ustunmiz. Mo‘min bo‘lsak – bo‘ldi. Bu o‘tkinchi dunyoda biror narsaga erishamizmi-yo‘qmi, baribir ustunmiz. Muhimi iymondan ayrilmasak bo‘lgani!Alloh taoloning shunday katta va’dasi turganida bizga yana nima kerak? Musulmonlar mana shu oyatga amal qilib kelganlarida yutuqqa erishganlar. Hatto mo‘g‘ul kabi, salbchilar kabi qudratlarni yenga olganlar.Alloh taolo bandalarini doimo yaxshilik, ezgulik umidida bo‘lishga, mashaqqatlarda esa sabr va qanoat qilishga undaydi. Buning mukofoti oldinda ekaniga ochiq va’da beradi. Olamlar Robbisi tomonidan banda qalbida yoqilgan mana shu umid uchquni musulmon kishiga barcha qiyinchilik va mashaqqatlarni yengishda katta kuch beradi. Mana shu islomiy ruhshunoslikning asosidir. Birgina shu narsa mo‘min inson ruhiyatiga ta’sir qilib, uning bu dunyo hayotidagi barcha harakatlari yo‘nalishini belgilab beradi.Alloh taolo yana:“(Mening nomimdan) ayt: «Ey o‘z jonlariga javr qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo‘lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag‘firat etar. Albatta, Uning O‘zi o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir” (Zumar surasi, 53-oyat).

    —Ushbu oyati karima Qur’ondagi eng umidbaxsh oyat hisoblanadi. Bu oyatdan chiqariladigan qoida: “Mo‘min hech qachon noumid bo‘lmaydi”. Demak, biz musulmonlarga umidsizlik, tushkunlik degan narsalar mutloq to‘g‘ri kelmaydi. Xoliqimiz bo‘lmish Alloh taolo shunday deb turganidan keyin, rahmatini ko‘rsatib turganidan so‘ng yana qanday umidsizlikka o‘rin qolishi mumkin?!Mana shu qoida islomiy psixologiyaning asosidir.Shariatimizdagi ikkinchi masdar bo‘lmish sunnati nabaviyaga nazar solsak, quyidagi bashoratni topamiz.Imom Buxoriy va imom Muslimlar rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:“Jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, Alloh mo‘min banda uchun nimani qazo qilsa, o‘sha uning uchun yaxshi bo‘ladi. Agar unga xursandchilik yetsa, shukr qiladi, unga yaxshi bo‘ladi. Agar unga xafachilik yetsa, sabr qiladi, unga yaxshi bo‘ladi. Bu faqat mo‘minlardagina bo‘ladi”, deganlar.Demak, inson mo‘min ekan, unga faqat yaxshilik bo‘ladi. Unga dunyoviy o‘lchovdagi yaxshilik yetsa-yu yetmasa, xayr bor. Mudom musulmon ekan, o‘ziga yetgan har mahrumlikda, har qanday ozorda ajr bordir. Hadislardan birida hatto tikan kirganida ham mo‘minga xayr bo‘lishi, bu uning gunohlari uchun kafforot bo‘lishi aytilgan. Shunday ekan, musulmon kishi o‘zini eng ustun, eng saodatmand va eng omadli hisoblamog‘i, hech qachon umidsizlikka yo‘l qo‘ymasligi, zaiflik qilmasligi va tushkunlikka tushmasligi lozimdir.Mana shu ruhiy holat musulmonni yaxshilik sari harakatlantiruvchi, g‘ayrat qildiruvchi omil hisoblanadi. Mana shu islomiy psixologiyaning sunnatdagi asl mazmuni sanaladi.Insonlarga bashorat, yaxshilik va umid baxsh etuvchi Qur’on hamda sunnatda belgilab berilgan islomiy psixologiyaning umumiy asoslari haqida gapira turib, misol tariqasida o‘z faoliyatimga bog‘liq birgina misolni ham keltirmoqchiman.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayh ko‘p ishlar qatorida yurtimizdagi islomiy saytlarga ham asos solgan edilar. Mana shu saytlardan biri muslimalarimizga xos bo‘lib, unda diniy masalalar, ruhshunos, murabbiy, shifokor va advokat xizmatlari mavjud.Kunda yurtimizdagi ayol-qizlarimizdan kelgan turli savollarga har bir mutaxassis o‘z sohasi bo‘yicha imkon qadar javob berib keladi. Endilikda jonli muloqotlarni ko‘paytirish, eng dolzarb masalalarni kengroq yoritish harakatida turibmiz.Mulohaza shuki, bu xizmatlar ichida diniy masalalar va ruhshunos bo‘limiga murojaat nisbatan ko‘proq. Ruhshunos javoblarni diniy asosda beradi. Diniy masalalar bo‘limi ham o‘z o‘rnida javob berishda ruhiy uslublarni qo‘llaydi. Ya’ni, bu ikkisi orasida bog‘liqlik bor.Umumiy holatdan xulosa shuki, ko‘pchilik oddiy narsalar haqida, yechimi ma’lum bo‘lgan muammolar haqida ham savol beradi. Ba’zilar javobini bila turib nasihat, tasalli so‘raydi. Bularning hammasi ruhiy qo‘llovga ehtiyoj borligiga dalolatdir.Bugunda keng tarqalgan muammolardan biri oila mojarolari hisoblanadi. Bu haqda uzoq fikr yuritib, yechimini oyati karimadagi birgina so‘zda topdim. U so‘z Rum surasining quyidagi oyatidadir:“U sizlarni bir jondan yaratgan va sokinlik topishi uchun undan juftini yaratgan Zotdir”.Oilalardagi muammolarning boshi aynan mana shu “sokinlik” yo‘qligida deb bilaman. “Sokinlik” so‘zining ma’nosi ko‘p va keng bo‘lib, u asosan xotirjamlikni anglatadi. Xotirjamlik nima degani? U tinchlik, osoyishtalik, uns-ulfat, baxt-saodatdir. Demak, insonning juft qilinishidan maqsad har biri o‘z juftidan mana shu ma’noni topishi uchun ekan.Xo‘p, xotirjamlik nimalarda namoyon bo‘ladi? Erkak uchun ayolining ochiq chehra bilan turishi, tashqaridan charchab kelganida unga orom uchun imkoniyat yaratishi, ehtiyoji bor bo‘lgan narsalarda xizmat qilishi, qalbiga surur kiritishi, dunyo g‘amlarini unuttirishidir.Ayol uchun xotirjamlik o‘zini himoyalangan, ta’minlangan, e’tibor va rioyatda sezmoqligi, har qachon istaganida boshini qo‘yish uchun yelka borligini his qilmoqligidir.Endi ayting-chi, bu sokinlik qay darajada o‘rniga qo‘yilmoqda? Alloh taolo aytgan bu mo‘’jiza turib, odamlar yechim qidirib qayoqqa chopmoqdalar? Erkaklar sokinlik topish uchun sokinlik berish o‘rniga ayollarga ajrashish yoki ustiga uylanish ila tahdid qilmoqdalar. Ayollariga nisbatan turli nohaqliklarni qilishni yechim deb bilmoqdalar.

    Ayollarimiz esa erga sokinlik berish deganda ko‘proq ularning nafsini qondirish yo‘lini tutmoqdalar. Ularni qo‘lga olish maqsadida bozorma-bozor, go‘zallik salonidan fitnes tomon yuguradilar.Va ta’kidlash ham kerakki, bu er-xotin o‘rtasidagi sokinlik deganda bugungi kunda ko‘zga tashlanib turgan huquq talashishlar ham tushunilmaydi.Aslida hammasining javobi shu bittagina so‘zdadir.Boshqa muammolarni ham shunga qiyos qilish mumkin.Avvalo Alloh taoloning O‘zi bandalarining ruhiy ehtiyojlari chorasini ko‘rib qo‘ygan. Qolaversa, bu boradagi buyuk mutaxassis Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdirlar. Bizga qolgan asosiy vazifa bularni tablig‘ qilish, ya’ni yetkazishdir.Bizdan talab qilingan ish Qur’oni karimni olib, undagi “sokinlik” ma’nosini yaxshi fahmlashdir. Ongli ravishda uni hayotimizga tatbiq qilishdir.Qolaversa, umumiy tarzda Qur’on va sunnatda kelgan, insoniyat uchun mo‘ljallangan islomiy psixologiya g‘oyalarini o‘rganib, o‘zlashtirib, unga ixlos bilan amal qilishdir.

    14.10.2018, 14:19   Izoh (0)   28215
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Adliya vazirligi: Maktablarda huquqiy fanlardan o‘tilayotgan darsliklarning mazmuni qoniqarsiz

    14.10.2018, 13:56

    Sirdaryoda 24 bolaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, 5 oilaga nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma topshirildi

    14.10.2018, 13:35

    DXX yil boshidan beri valyutafurushlardan 73 mlrd so‘mdan oshiq xorijiy valyutani musodara qildi

    14.10.2018, 13:03

    Toshkentdagi buddaviylar ibodatxonasi buzilmaydigan bo‘ldi

    14.10.2018, 12:42

    2018-yilda 14195 kishi doimiy yashash uchun O‘zbekistondan xorijga ko‘chib ketgan

    14.10.2018, 12:05

    Yo‘ldoshbek qori Masjid ul-Harom imomlarining tilovatlariga taqlid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan norasmiy bellashuvda ikkinchi o‘rinni oldi

    14.10.2018, 11:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yozgi tekshiruv: ta’tillar mavsumidan avval qanday tahlillar topshirish kerak?

    Maslahatlar | 24 may, 20:50

    Qurol topib olinsa nima qilish kerak: mukofot yoki ozodlikdan mahrum bo‘lish?

    O‘zbekiston | 24 may, 20:30

    Muhammad Saloh APLning joriy mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

    Sport | 24 may, 20:21

    Andijonda 20 sotix yerni 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 24 may, 20:10

    Nega to‘satdan fastfud va shirinliklarga kuchli ishtiyoq paydo bo‘ladi?

    Ayollar sahifasi | 24 may, 19:50

    Respublika bo‘ylab bir kunda o‘quvchilar tomonidan avtomobil boshqarish bilan bog‘liq 256 ta holat aniqlandi

    O‘zbekiston | 24 may, 19:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.